Yaponiyalik ixtirochilar uchar bonsay daraxtini yaratdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. U maxsus magnitli platformaga o‘rnatiladi, bu unga havoda muvozanatni saqlash va, hatto, biroz aylanish imkonini beradi.
Ixtiro allaqachon Kickstarter kraudfanding maydonida paydo bo‘ldi. Ixtiro aks etgan videoda diametri 6 sm bo‘lgan daraxtli tuvak magnitli bazadan 2 sm balandlikda uchayotganini ko‘rish mumkin.
Konstruksiya ikkita element: baza va ko‘chma platformadan iborat. Chinni bazaga kuchli magnit va aylanadigan mexanizm solib qo‘yilgan. Ko‘chma platformada suvni singdirib oladigan gubka hamda baza bilan aloqada bo‘lish uchun magnit bor.
Yangi avlod bonsay daraxtining narxi 200 dollardan boshlanib, 10 ming dollargacha yetadi.