Fiji sohillarida 20-fevral, shanba kuni 5,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Yer silkinishlarining epimarkazi mamlakat poytaxti Suva shahridan 476 kilometr janubi-sharqda, uning o‘chog‘i esa 579 kilometr chuqurlikda joylashdi.
Sunami yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirishlar ma’lum qilinmadi.
Zilziladan avvalroq Fiji hukumati orol qirg‘oqlariga yetib kelgan Winston tropik sikloni tufayli tabiiy ofat rejimini e’lon qilgan edi.