Fiji bosh vaziri Voreke Bainimarama o‘tgan dam olish kunlari mamlakatga yopirilgan “Uinston” sikloni infratuzilmani to‘liq vayron qilganligi va turar-joy binolariga ham jiddiy zarar yetkazganligini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Bosh vazir, shuningdek, hozircha yetkazilgan zararga aniq baho berib bo‘lmasligi, chunki uzoqda joylashgan orollardagi vaziyat haqida hukumat ma’lumotga ega emasligini ta’kidlab o‘tgan.
Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha markazning so‘nggi ma’lumotlariga qaraganda, siklon oqibatida kamida 20 kishi qurbon bo‘lgan. Meteorologlarning ma’lum qilishicha, siklonning epimarkazi yaqinida shamolning tezligi soatiga 230 kilometrga yetgan.
Mamlakat poytaxti Suva shahri ma’murlari siklon shahardagi 140 dan ortiq uyni to‘liq vayron qilganligini ma’lum qildi. Boshpanadan ayrilgan odamlar evakuatsiya markazlarida yashamoqda.
Manba