GM Uzbekistan AJ T-250 (Chevrolet Aveo) avtomobilini 2016 yilning ikkinchi kvartali yakunidan boshlab ishlab chiqarishni ma'lum qildi, deb yozadi "KUN.UZ".
“O'zavtosanoat” AK axborot xizmati ma'lumotlariga ko'ra, kompaniya seriyali ravishda ishlab chiqariladigan yangi T-250 avtomobili loyihasini yakunlagan.
Yangi model Neksiya o'rniga ishlab chiqariladi. Yangi modelni 2016 yilning ikkinchi kvartali so'ngida ishlab chiqarish ko'zda tutilyapti”, deyiladi O'zavtosanoat AK ma'lumotida.