Iroq shimolida IShID jangarilarining kimyoviy hujumi natijasida 600 ga yaqin kishi jabrlandi, deya xabar bermoqda Meduza.
Kimyoviy moddalar joylangan raketalar bilan Kirkuk yaqinidagi Taza shaharchasi o‘qqa tutildi. Hodisa natijasida uch yoshli qizcha halok bo‘ldi.
Mahalliy kasalxonadagilar jabrlanganlar kimyoviy kuyish jarohatlarini olgani, nafas qisishi va suvsizlanishdan azob chekayotganini aytdi. Sakkiz kishi davolash uchun Bag‘dodga yuborildi.
Mahalliy hukumat vakili ma’lum qilishicha, kimyoviy moddalar testini o‘tkazish uchun shaharga amerikalik va germaniyalik kriminalistika mutaxassislari yetib kelgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Manba