Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida istiqomat qiluvchi X. Sharipov “Adolat ko'zgusi” gazetasiga xat yozib, Cobalt rusumli mashina sotib olishda to'sqinliklarga uchrayotganini ma'lum qildi. Buning yuzasidan olib borilgan tekshiruv natijasida masala hal qilib berilgan.
“Murojaat yuzasidan fuqarodan tushuntirish xati olinganida u xorijiy valyutada naqdsiz shakldagi pul mablag'lari unga faqat avtomobil sotib olish uchun kerakligini bildirdi”, - deyiladi viloyati prokurorining bayonotida.
Qayd etilishicha, Sharipovga 12 avgust kuni Cobalt mashinasini milliy valyutada sotib olish bo'yicha oldi-sotdi shartnomasi tuzilishi ta'minlangan. Uning Maestro xalqaro plastik kartasi orqali jami 3 ming dollar bank filiali tomonidan o'tkazib berilgan.