Restayling qilingan Chevrolet Cobalt Braziliyada namoyish etildi, deya xabar bermoqda “Kolyosa”. Sedan dizayni endi markaning yangi korporativ stilida bajarilgan.
Modelning old qismi Chevrolet’ning firma dizayniga muvofiq ravishda qayta ishlangan: endi avtomobilning chiroqlari ensiz ko‘rinishga kelgan, radiator panjarasi va tumanga qarshi chiroqlar shakli o‘zgargan.
Interyerda yangiliklar kam, biroq iOS va Android’dagi smartfonlar bilan ishlay oladigan MyLink multimedia tizimi paydo bo‘ldi. Yangilangan Chevrolet Cobalt’ning eng yaxshi komplektatsiyasiga yorug‘lik datchiklari, orqani ko‘rish kameralari va charm salon kiradi.