Shveytsariya hukumati Volkswagen avtokontserni tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillarning sotilishini to'xtatish bo'yicha qaror qabul qildi. Bunga kompaniya avtomobillarining ekologik me'yorlarga to'g'ri kelmagani sabab bo'lgan.
Aniqlik kiritilishicha, 2009-2014 yillar davomida ishlab chiqarilgan Audi, Seat, Skoda va VW brendi ostidagi 180 ming dona avtomobil taqiq ostiga tushgan. Prognozlarga ko'ra, yaqin vaqt ichida yana 11 mln dona avtomobil shunday taqiq doirasiga tushishi mumkin. Shuningdek, kompaniyaga 18 mlrd dollar jarima solinadi.
Bu taqiq kompaniyadagi mojarolar yakunlanguniga qadar amalda bo'ladi.
Biroz oldinroq, Volkswagen‘ning 5 mln avtomobili nosoz dasturiy ta'minot bilan jihozlangani ma'lum bo'lgandi.