Twitterning global ishdan chiqishi kechagina sodir bo‘lib, dunyoning ko‘p mamlakatlarda foydalanuvchilarni kuttirib qo‘ydi, bu esa Nyu-York bozorida ijtimoiy tarmoqning aksiyalari tezlik bilan 6,3 foizga tushib ketishiga olib keldi, bora bora u umuman 7,5 foizga kamayib ketdi. Bu haqda "EADaily" xabar berdi.
Shu yo‘sinda Twitter aksiyalari 16,5 dollargacha aniqrog‘i ijtimoiy tarmoqning tarixida eng past darajaga arzonlashdi. Hozir tizim ishi tiklandi, lekin aksiyalarning avvalgi qiymatiga qaytish yoki qaytmasligini hozircha hech kim ayta olmayapti.
Ishdan chiqish Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Osiyo va Afrika mamlakatlarida qayd etildi. Bu ijtimoiy tarmoqda ichki kodni almashtirishga urinish sababli kelib chiqdi.