Twitter ijtimoiy tarmog'i yakunlanayotgan yil voqealarini esladi . Bugun tarmoqda o'tgan yilning asosiy trendlari qayta yozildi.
Bu yil Twitter`da Emodzilar yili bo'ldi, o'tgan yili Selfilar yili bo'lgani kabi. 2015 yilda tvitterchilar orasida eng mashhur emodzi xursandchilikdan ko'zidan yosh sochilayotgan emodziga aylandi.
Shuningdek, fevral oyida foydalanuvchilar tomonidan ko'ylak haqidagi "oq-tillarangmi yoki qora-kulrangmi?" munozarasi yil trendlaridan biri sifatida qayd etilgan. Bu munozara doirasida 26 va 27 fevral kunlarining o'zida 4,4 mln dona tvit yozilgan. Shuningdek, Charlie Hebdo terakti qurbonlari uchun bildirilgan hamdardliklar, qochqinlarni va Ahmadni qo'llab-quvvatlash ham uzoq vaqt trendni egallab turgan.
Yilning eng mashhur tviti esa One Direction Garri Staylzning tviti bo'ldi. Bu tvit 712 ming marta retvit qilingan.
2015 yilda Twitter ijtimoiy tarmog'ida akkaunt ochib a'zo bo'lgan mashhurlar qatorida Barak Obama, Edvard Snouden, Gay Richi, Lyuk Besson, Antonio Banderos, Gilermo Del Toro va Jeb Bezos (Amazon rahbari) sanaldi.
Twitter`da eng qisqa vaqt ichida ko'p sonli folloverlar yig'a olgan shaxs esa Keytlin Jenner (Kim Kardashyanning otasi, jinsini o'zgartirishdan oldin Bryus Jenner) bo'ldi. U bu natijaga ( 1 million follover) 4 soatu 3 daqiqa ichida erishdi.