Zarur masalliqlar: 1,3 kg. sudak balig'i go'shti; sho'rva uchun: selderey, 1 bosh piyoz, 5 dona qora va xushbo'y murch, suv; sous uchun: 2 dona tuxum, 80 gr. sariyog', shivit, limon sharbati, tuz.
Tayyorlanishi: 1. Tuxumni qaynating-da, pishgach, maydalab to'g'rang.
2. Sudak balig'ini tozalang. Bosh va dum qismini 1 l. suvga solib, qaynating.
3. Seldereyni yupqalab, piyozni halqalab to'g'rang-da, sho'rvaga qo'shing. 5 daqiqa qaynatgach, olovni pasaytiring. So'ngra murch donalari, tuz qo'shing-da, qozon qopqog'ini yopib, past olovda 30 daqiqa qoldiring.
4. 2-3 sm. qalinlikda sudak balig'ini bo'laklarga bo'ling. Chuqurroq quruq tovaga solib, qaynoq sho'rvani quying. Past olovda qopqog'ini yopib, 5 daqiqa qaynating-da, olovdan oling.
5. Sariyog'ni past olovda eriting. Maydalangan shivit, tuxum va limon sharbati solib, tuz seping.
6. Baliq go'shti bo'laklari ustidan sariyog'li sousni quyib, yangi kartoshkadan tayyorlangan bo'tqa bilan dasturxonga torting.
50 daqiqa.
4 kishilik.