27.05.2015, 11:45
  /  
Salatlar
Zarur masalliqlar: 6 dona yong'oq, 5 dona rediska, 2 dona qaynatilgan kartoshka, bitta bodring, 2 osh qoshiq smetana, 1 choy qoshiq xantal, ko'kpiyoz, selderey, tuz, qora murch.
Tayyorlanishi: 1. Selderey, rediska va bodringni yupqalab aylana shaklda to'g'rang. Ko'kpiyozni maydalang.
2.Kartoshkani mayda to'rtburchak shaklda to'g'rang. Yong'oq mag'zini bo'laklang.
3.Smetana, xantal, qora murch va tuzni aralashtiring. Mahsulotlarni aralashtirib, smetanali sousni soling.
Tayyorlanish vaqti: 15 daqiqa
2 kishilik
Bahoriy salat juda mazali!