Zarur masalliqlar: 200 gr. dudlangan qizil baliq, 100 gr. dudlangan oq baliq, 2 tadan qaynatilgan kartoshka va sabzi, bir bosh piyoz, mayonez, tuz, bezak uchun oq sedana.
Tayyorlanishi: 1. Oq baliq go'shtini uzun somoncha shaklida to'g'rang. Kartoshka va sabzini qirg'ichdan o'tkazing. Piyozni maydalab kesib, sovuq suvda chayib oling.
2. Salat likopchasiga mayonez yordamida yulduz shaklini chizing. So'ng hosil qilingan shakl ichiga kartoshani joylashtiring. Ustiga mayonez surtib, tuz seping.
3. Kartoshkadan so'ng to'g'ralgan baliq va piyozni soling. Yuzasini tekislab, mayonez bilan qoplang. Tuz sepishni unutmang.
4. Sabzini joylab, uning ustidan ham mayonez surtasiz. So'ng atrofini tekislang-da, qizil baliq go'shti bo'laklari bilan bezating. Yuzasiga sedana seping.
Tayyorlanish vaqti: 30 daqiqa