AQSh prezident Barak Obamaning Kubaga tashrifi arafasida mazkur orol-davlatga nisbatan qo‘llab kelinayotgan sanksiyalar tartibiga muayyan o‘zgarishlar kiritmoqda. Bu haqdagi qaror 16-martdan boshlab, hukumatning Federal Register nashrida chop etilgach, kuchga kiradi, deya xabar beradi “TASS”.
Yangi qoidalarga ko‘ra, amerikaliklarga shaxsiy ta’lim va almashuv dasturlari doirasida Kubaga borish, AQSh kompaniyalariga esa Kuba fuqarolarini ishga olishga ruxsat beriladi. Kuba mahsulotlari va xizmatlarini xarid qilish, kubaliklar AQSh banklarida hisob raqam ochishlariga yo‘l qo‘yiladi.
Shuningdek, ofis va savdo nuqtalari ochish, yuk tashish, orolda ishlab chiqarilgan dasturiy ta’minotni import qilish, Kubadagi ta’lim loyihalari uchun grant va stipendiyalar ajratilishiga ijozat beriladi.
Eslatib o‘tamiz, Barak Obama rafiqasi Mishel hamrohligida 21—22-mart kunlari Kubada bo'lishi va 88 yil davomida mazkur orol-davlatga kelgan AQShning birinchi amaldagi davlat rahbariga aylanishi kutilmoqda.
Manba