2015-yilda Eronda 966 kishi qatl etildi, bu 20 yildan ziyod vaqt ichidagi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi, deb yozadi “TASS” BMTning Erondagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahidga tayanib.
“2014-yildan 2015-yilgacha bo‘lgan davrda kamida 16 nafar voyaga yetmagan shaxslarni qatl etgan holda, Eron xalqaro huquq me’yorlariga qaramay, bunday amaliyotga murojaat qiladigan ba’zi mamlakatlardan biri hisoblanadi”, — dedi Shahid.
U, shuningdek, Eronning adolatli sud qilish tizimidagi kamchiliklarni qayd etdi. “Eron qonunlari kafolatlaydigan va haqiqatda sodir bo‘ladigan narsalar o‘rtasida katta farq mavjud bo‘lib qolmoqda”, — dedi u.
Manba