Dunyodagi eng og‘ir odam Andres Moreno Meksikada ortiqcha vazndan aziyat chekuvchi bemorlar uchun mo‘ljallangan operatsiyaga tayyorlanmoqda. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
Operatsiya bir necha yillar davomida deyarli to‘shakdan turmagan iste’fodagi politsiyachining vaznini kamaytirishga qaratilgan.
Moreno unga ozish imkoniyatini bermayotgan qand kasalligining kam uchraydigan turidan aziyat chekmoqda. Hozirda Andres Morenoning vazni 435 kilogrammni tashkil etadi.