O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillarni Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bozorlariga yetkazib berish imkoniyatlari o‘rganib chiqilmoqda. Bu haqda “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi axborot xizmati xabar berdi.
“2016-yildan Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlari, xususan, Iroq, Liviya, Livan, Iordaniya, Tunis va Nigeriyaga yetkazib berish imkoniyatlari o‘rganib chiqilmoqda”, — deyiladi kompaniya axborotida.
Nomlari qayd etilgan mamlakatlarga qaysi rusumdagi avtomobillar yetkazib berilishi kutilayotgani haqida batafsil axborot berilmagan.
Avvalroq, 2015-yilda Dubayda Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlari vakillari uchun O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar taqdimoti o'tkazilgani, shuningdek, Misr, Gabon, Madagaskar kabi Afrikaning sakkiz mamlakatiga avtomobillar sinov tariqasida yetkazib berilgani haqida xabar berilgan edi.
Manba