Volkswagen avtokontserni xavfsizlik yostiqchalaridagi muammolar tufayli qariyb yarim millionga yaqin avtomobilni ortga chaqirtirib olyapti. Xizmat ko'rsatish tadbiri AQSh bozorini qamrab oldi. Bu bozorda nemis kompaniyasi pasayishni boshidan kechirmoqda.
Reuters agentligi Volkswagen AQSh transport vazirligining Trassada harakat xavfsizligi milliy boshqarmasiga bergan bayonotiga iqtibos keltirgan holda AQSh va Kanadada 461 300 transport vositasi, jumladan 2010-2014 yillarda ishlab chiqarilgan Golf, Passat, Jetta va Tiguan modellari chaqirtirib olinayotganini ma'lum qildi.
Bu mashinalarning rulida ma'lum vaziyatlarda xavfsizlik yostiqchalari ishiga javob beruvchi soat prujinasining ishiga xalaqit beruvchi temir bo'laklari bo'lishi mumkin. Bu muammo 11ta avtomobil ishlab chiqaruvchining avtomobillarida, shu jumladan Subaru’da kuzatilgan Takata xavfsizlik yostiqchalaridagi nuqsonga aloqasi yo'qligi aytilgan.
Volkswagen chaqirtirishga tushayotgan avtomobil egalarini nosozlikni bartaraf etish uchun diler yoniga kelishlari kerakligidan xabardor etmoqda. Qayd etilishicha, aniqlangan nuqson natijasida hech kim jabrlanmagan. Kompaniyada bu muammo boshqa bozorlarda sotilayotgan avtomobillarga ham taalluqliligi tekshirilmoqda.
2014 yilda AQShda 367 mingta Volkswagen mashinasi sotilgan, bu 2013 yildagidan 10 foiz kamroqni tashkil qilgan. Biroq 2018 yilgacha nemis brendi savdo hajmini 800 mingtagacha etkazishga umid bildirmoqda.