Zarur masalliqlar: 200 gr. qaynatilgan yoki qovurilgan mol go'shti yoki dudlangan go'sht, 100 gr. pishloq, 2 ta lavash xamiri, 2 dona tuxum, 2-3 ta o'rtacha kattalikdagi pomidor, sarimsoqpiyoz, ko'katlar, tuz, murch, o'simlik yog'i.
Tayyorlanishi: 1. Dudlangan go'shtni yoki pishirilgan mol go'shtini maydalab somoncha shaklida to'g'rang. Pishloqni qirg'ichdan o'tkazing. Sarimsoqpiyoz, pomidor va ko'katlarni maydalang.
2. Barcha masalliqlarni aralashtirib, tuz, murch qo'shing-da, tuxum sarig'i soling.
3. Lavashni xamirini uchburchak shaklda kesing. Eng chekkasiga qiymadan solib, rulet shaklida o'rang. Tuxum oqini surtib, qizdirilgan o'simlik yog'ida ikkala tomonini qizartirib qovuring.
Tayyorlanish vaqti: 35 daqiqa
4 kishilik.