18.05.2014, 21:08
  /  
Boshqalar
Zarur masalliqlar: 3-4 ta olma, 150 gr. qo'ng'ir rangli shakar, 2-3 ta yalpiz bargi, bezak uchun: qaymoqli muzqaymoq, 100 gr. maydalangan yong'oq.
Tayyorlanishi:
1. Olmalarni po'stidan archib, mayda to'rtburchak shaklida to'g'rang. Quruq tovaga to'g'ralgan mevalarni solib, olovga qo'ying. Sharbati ajralgach, olovni pasaytiring.
2. Alohida tovada shakarni eriting. Qiyomi ajralgach, olma bo'laklari solingan tovaga qo'shasiz-da, engil aralashtirasiz. 5-10 daqiqadan so'ng olovdan olish mumkin.
3. Desert tayyor bo'lgach, likopchaga pishiriq uchun mo'ljallangan kichik qolipni qo'yib, ichiga 2 osh qoshiqdan qiyomli olma soling. Qolipni asta olganingizda meva shakli yumaloq ko'rinishga keladi. So'ng ustidan muzqaymoqni qo'yib, muzlatgichga qo'ying. Dasturxonga tortishda muzqaymoq ustidan maydalangan yong'oq bo'laklaridan seping.
Tayyorlanish vaqti: 30 daqiqa.
Manba: www.BePuL.NeT
Yon daftaringizga yozib oling!