Zarur masalliqlar: 300-400 gr. go'sht, 100 gr. pishloq, 1 dona aylana shakldagi, o'rtacha kattalikdagi qovoq, 3 ta kartoshka, 1 bosh piyoz, 1 donadan sabzi va pomidor, shivit, tuz, murch, o'simlik yog'i.
Tayyorlanishi: 1. Kartoshka va go'shtni to'rtburchak shaklda, piyozni maydalab, pomidorni esa yarim aylana shaklida to'g'rang. Sabzini qirg'ichdan o'tkazing. Barcha masalliqlarni qizdirilgan o'simlik yog'iga solib, 15 daqiqa past olovda dimlang.
2. Qovoqning bosh qismini aylana shaklda qopqoqqa o'xshatib kesib oling, urug'ini olib tashlang. Ichiga o'simlik yog'i surting.
3. Dimlangan mahsulotlarni qovoq ichiga soling. 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 30 daqiqaga qo'ying. So'ngra maydalangan shivit va pishloqni yuziga solib, yana 10-15 daqiqa gaz pechida qoldiring.
Tayyorlanish vaqti: 1 soatu 20 daqiqa.
6 kishilik.