Bu taomni tayyorlash uchun sizga asosan tovuq soni go'shti, tuxum va ziravorlar kerak bo'ladi. Tovuqni bir qismidan qiyma tayyorlab, ikkinchi qismiga solib o'raladi. Tayyor bo'lgan ruletni avval suvda qaynatiladi, so'ngra yog'da engil qizartirib olinadi. Tovuqli rulet nihoyatda mazali va boy ta'mga ega. Bu taom dasturxoningizni bezab, oila azolaringizning eng sevimli taomlaridan biriga aylanadi.
MASALLIQLAR:
2 ta tovuq soni Nachinkasiga
250 gr tovuq go'shti qiymasi (tahminan 1 tovuq soni)
1 ta tuxum sarig'i 2-3 ta sarimsoq donachalari petrushka
100 gr non uvog'i tuz, murch va ziravorlar
TAYYoRLANIShI:
1. Tovuq qiymasiga mayda to'g'ralgan piyoz, sarimsoq, tuxum sarig'i, non urvog'i va ziravorlarni solib yaxshilab aralashtiramiz.
2. Folga qog'ozini ustiga tuz va murch sepib tovuq go'shtini yoyilgan holda qo'yamiz. Go'sht ustidan yana tuz va murch sepamiz.
3. Go'sht ustiga qiymani qo'yamiz.
4. Folga yordamida rulet qilib o'raymiz.
5. Qaynab turgan suvga ruletni solib 25 daqiqa qaynatib pishirib olamiz.
6. Pishgan ruletlarni sovutgichda bir necha soatga qolidarmiz.
7. Ruletlarni sovutgichdan olib, ustidagi folgani olib tashlaymiz.
8. Ozgina o'simlik yog'i solingan tovada chiroyli qizarguncha aylantirib engilgina qovurib olamiz.
Taom tayyor. Yoqimli ishtaha!