Zarur masalliqlar: 2 st. un, 50 gr. sariyog', yarim st. shakar, 2 osh qoshiq xamiryumshatgich, 1 choy qoshiq koriandr ziravori, 1 ta limon qirindisi, yarim stakandan tozalangan bodom va pista.
Tayyorlash:
1). Xona haroratida erigan sariyog'ni shakar bilan ko'pirtiring. So'ng un, koriandr, limon qirindisi, tuxum va xamiryumshatgichdan qo'shib, aralashtirasiz.
2). Xamirga tozalangan yong'oqlardan qo'shib yana aralashtiring. Masalliqni pishiriq qog'ozi solingan qolipga solib, qizdirilgan gaz pechida 30 daqiqa pishirib oling.
3). Tayyor bo'lgach, ta'bga ko'ra, pishiriq yuzasiga asal surtib, non o'rnida iste'mol qilish mumkin. Tayyorlash vaqti: 30 daqiqa.