Zarur masalliqlar: 300 gr. shokoladli pechene, 100 gr. sariyog', 400 gr. qaymoq, 100 gr. qand upasi, 3 dona tuxum, 200 gr kokos qirindisi, 300 gr. konservalangan ananas.
Tayyorlash:
1). Xona haroratida eritilgan sariyoqqa uvalangan pechenedan qo'shib, yaxshilab aralashtiring. Pirog qolipiga aralashmani solib, tagi va chetini biroz chiqarib qo'ying-da, muzlatgichda saqlang.
2). Mikserda qaymoqni qand upasi bilan birga ko'pirtirib, bittadan tuxum qo'shing. Va ko'pirtirishda davom etgan holda masalliqlarni yaxshilab aralashtiring. Kokos qirindisi va bo'laklarga ajratilgan ananasni eng oxirida solasiz.
3). Pecheneli pirog asosi qotgach, muzlatgichdan olib, ichiga ananasli \"nachinka”ni soling. Yuzasini tekislab, kokos qirindisi bilan bezating. So'ng yana muzlatgichga qo'yib, 45 daqiqaga qoldiring.
Bu muzdayligicha eyiladigan desert bo'lib, faqat dasturxonga tortishdan avval likopchalarga solinadi.
Tayyorlash vaqti: 1 soat
Manba: www.BePuL.NeT