03.07.2014, 08:53
  /  
Pizza
Zarur masalliqlar(6-8 kishilik): 2 ta tayyor lavash xamiri, 100 gr. dudlangan tovuq go'shti, 1-2 ta bodring, 2 ta pomidor, 3-4 osh qoshiq mayonez, 150 gr. pishloq, 1 osh qoshiq sariyog', tuz.
Tayyorlash:
1). Lavash xamirini tekis ochib, yuzasiga mayonezdan surting. Bitta xamir bo'lagini gaz pechi patnisiga qo'yib, ustidan somoncha shaklida to'g'ralgan tovuq go'shti, yirik kesilgan pomidor va bodringni terib chiqing.
2). Masalliqlar ustidan tuz sepishni unutmang. So'ng qirg'ichdan o'tkazilgan pishloqdan sepib, ikkinchi lavash xamiri bilan berkiting. Uning yuzasiga sariyog' surtib, 10-15 daqiqa gazxonaga qo'yasiz. Tayyor bo'lgach, issiqligida bo'laklarga ajratib oling.
Tayyorlash vaqti: 15 daqiqa.
Bayram bahona biir tayyorlab ko'ring-chi!