Saytimizda anchadan buyon salat retsepti yozilmagan edi, bugun siz azizlarga yangi bir salat retseptini taqdim etish onlari ham etib keldi. Bu salatni tayyorlash uchun katta mehnat va uzoq vaqt sarf qilinmaydi va judayam ishtaha ochar salatlardan hisoblanadi.
Kerakli mahsulotlar:
1. Bodring – 1 dona
2. Pomidor – 1 dona
3. Tovuq go'shti – 100 gr
4. Sarimsoq - 1 bo'lak
5. Kashnich- bir ikki chimdim
6. Qora murch va yanchilgan qizil qalampir – bir chimdimdan
7. Soya sousi – 1-2 osh qoshiq
Tayyorlanishi:
Tovuq go'shtini mumkin bo'lsa ko'krak qismini olib tovada ikki tarafi qizartirib so'ngra 12-14 daqiqa mobaynida dimxonada pishirib olinadi.Sovugandan so'ng somoncha shaklida to'g'raladi.Agarda tovuq go'shti bo'lmasa, oddiy mol go'shtini qaynatib qo'shsa ham bo'laveradi. Pomidor va bodringni yuvib, bo'laklarga bo'lib ichidagi urug'ini olib tashlanadi va urug'idan tozalangan qobig'i somoncha shaklida to'g'raladi.
Sarimsoqni va kashnichni maydalab to'g'rab yuqoridagi masalliqlarga qo'shiladi.
Soya, murch va qalampirlarni qo'shib aralashtiriladi, agarda tuz ham qo'shishni lozim topilsa, tuz ham qo'shish mumkin, aslida soyaning tuzi va nordonligi etishi kerak.
Tayyor salatni likopcha yoki maxsus salat idishlariga solib dasturxonga tortiq qilinadi.
YoQIMLI IShTAHA!