Zarur masalliqlar: (15 dona uchun): 350 gr. un, 200 gr. sariyog', 130 gr. shakar, 1 stakan eryong'oq, 1 donadan tuxum va tuxum sarig'i, yarim choy qoshiqdan vanilin va xamir yumshatgich, tuz.
Tayyorlanishi: 1. Sariyog', tuxum sarig'i va shakarni yaxshilab aralashtiring. Mikser yordamida 1-2 daqiqa ko'pirtirgach, oz-ozdan un solib, xamir tayyorlang. Zuvala yasab, yarim soatga muzlatkichga qo'ying.
2. Xamirni 6-7mm. qalinlikda yoyib, halqalar kesib oling. So'ngra pishiriq qog'ozi solingan gaz patnisiga tering-da, 20 daqiqa muzxonaga qo'ying.
3. Yeryong'oqni maydalab, quruq tovada qovurib oling.
4. «Halqacha»larga tuxum sarig'i surtib, eryong'oqga belab oling-da, patnisga terib, 200 darajada qizdirilgan gaz pechiga 20 daqiqaga qo'ying.
Tayyorlanish vaqti: 1 soatu 20 daqiqa.
4 kishilik. cha»lar Bolajonlaringizga juda yoqadi!