07.11.2014, 11:00
  /  
Baliqdan taomlar
Zarur masalliqlar: 4 bo'lak oq baliq go'shti, 4 ta kartoshka, 2 dona tuxum, 2 osh qoshiq un, o'simlik yog'i, tuz.
Tayyorlanishi: 1. Kartoshkani qirg'ichdan o'tkazing. Qo'lingiz bilan siqib, suvini chiqarib tashlang. Tuxum, un va tuz solib, aralashtiring.
2. Baliq go'shtini ikki tomonini avval unga, so'ngra kartoshkali aralashmaga solib, belab oling.
3. Qizdirilgan o'simlik yog'ida ikkala tomonini qizartirib qovurib oling.
Tayyorlanish vaqti: 45 daqiqa.
2 kishilik.
Manba: Sugdiyona.uz
Baliqdan tayyorlangan ovqat