Tarvuzni yurak va buyrak bilan bog'langan shishlarda iste'mol qilish tavsiya etiladi. Jigar xastaliklarida tarvuz sharbati organizmdan faqat suyuqlikni chiqarib qolmay, balki uni engil hazm qiluvchi shakar bilan ham ta'minlaydi. Tayyorlash usuli: Yangi tarvuz yuviladi va 4 qismga bo'lib kesiladi. Lahimi po'chog'idan ajratib olinadi va maydalanadi. So'ngra lahm sharbati to'la ajralib chiqquncha siqiladi va sizdirib olinadi, xohishga qarab shakar qo'shish mumkin va 5 – 10 daqiqa qaynatiladi.
Tayyor sharbat sovuq holda beriladi.
Bir stakan sharbat uchun 200 gr tarvuz va 5 gr shakar kerak.
Yoqimli ishtaxa