Zarur masalliqlar: 500 gr. tovuq go'shti, 300 gr. qo'ziqorin, 100 gr. pishloq, 3-4 dona tuxum, 2 ta bodring, sabzi, zaytun mevasi, mayonez, tuz, ko'katlar.
Tayyorlanishi: 1. Tovuq go'shtini qaynatib, somoncha shaklida to'g'rang.
2. Qo'ziqorinlarni ham somoncha shaklida to'g'rab, qizdirilgan zaytun yog'ida qovuring.
3. Bodring va qaynatilgan tuxumlarni qirg'ichdan o'tkazing.
4. Pishloqning bir qismini to'g'rito'rtburchak shaklda kesib, qolganini qirg'ichdan o'tkazing.
5. Salatni royal shaklida likopchaga joylashtiring: tovuq go'shti+mayonez+qovurilgan qo'ziqorin+mayonez+bodring+mayonez+tuxum+mayonez+pishloq.
6. Salat yuzini pishloq bo'laklari, zaytun mevasi va sabzidan atirgul yasab bezating.
Tayyorlanish vaqti: 50 daqiqa.
4 kishilik.