Zarur masalliqlar: 200 gr. qaynatilgan mol go'shti, 1 banka konservalangan qizil loviya, 5 dona qaynatilgan tuxum, 2 ta qaynatilgan sabzi, 2 ta tuzlangan bodring, 1 bosh piyoz, 1 choy qoshiq sirka, yarim choy qoshiq shakar, mayonez, ko'katlar, tuz.
Tayyorlanishi:
1. 2 dona tuxumni butunligicha, bitta tuxumning esa faqat oqini olib qo'yib, qolganini to'rtburchak shaklda maydalab to'g'rang.
2. Qaynatilgan go'sht, sabzi va tuzlangan bodringni to'rtburchak shaklda maydalab to'g'rang.
3. Piyozni maydalab to'g'rang-da, 1 osh qoshiq sirka va yarim choy qoshiq shakar solib, marinadlab qo'ying.
4. Barcha masalliqlarni aralashtirib, qizil loviya va mayonez qo'shing-da, tuzini sozlang.
5. Salatni yurakcha shaklida likopga solib, atrofiga sabzi bo'laklarini joylashtirib chiqing. Yuziga esa qaynatilgan tuxumdan oqqushlar yasab qo'ying. Tayyorlanish vaqti: 20 daqiqa.
2 kishilik.