Milliy taomlarimiz jamlangan kitoblarning deyarli barchasida baliqdan tayyorlangan kabob munosib joy olib kelgan. Biz ham oldingi tartibga rioya qilgan holda saytimizning kaboblar bo'limida baliqdan tayyorlangan kabob haqida ma'lumot berishga harakat qilamiz. Faqat odatdagidan biroz farqli o'laroq baliqli kabobni o'zgacha tarzda taqdim qilmoqchimiz. Oldingi sahifamizda siz azizlar bilan uch panja kabobi haqida so'z yuritgan edik. Bu kabobimiz ham xuddi uch panja kabobi kabi tayyorlanadi desak mubolag'a bo'lmagay. Aslida baliq kabobni an'anaviy kabob shaklida tayyorlab taqdim qilmoqchi edik. Ammo ushbu kabobni tayyorlash jarayonida uch panja kabobi ko'rinishida tayyorlash fikri paydo bo'ldi. Natija kutganimizdan ham ziyoda bo'lgani bois, shu shaklda taqdim qilishni lozim topdik.
Milliy taomlarimiz jamlangan kitoblarning deyarli barchasida baliqdan tayyorlangan kabob munosib joy olib kelgan. Biz ham oldingi tartibga rioya qilgan holda saytimizning kaboblar bo'limida baliqdan tayyorlangan kabob haqida ma'lumot berishga harakat qilamiz.
Faqat odatdagidan biroz farqli o'laroq baliqli kabobni o'zgacha tarzda taqdim qilmoqchimiz. Oldingi sahifamizda siz azizlar bilan uch panja kabobi haqida so'z yuritgan edik. Bu kabobimiz ham xuddi uch panja kabobi kabi tayyorlanadi desak mubolag'a bo'lmagay. Aslida baliq kabobni an'anaviy kabob shaklida tayyorlab taqdim qilmoqchi edik. Ammo ushbu kabobni tayyorlash jarayonida uch panja kabobi ko'rinishida tayyorlash fikri paydo bo'ldi. Natija kutganimizdan ham ziyoda bo'lgani bois, shu shaklda taqdim qilishni lozim topdik.
Kerakli mahsulotlar:
Baliq – 1 kg (tozalangan laqqa baliq yoki sudak)
Limon – 1 dona
O'simlik yog'i- 80-100 gr
Tuz va ziravorlar ta'bga ko'ra
Tayyorlanishi:
Baliqni qiltanoqlaridan tozalab bir xil tasma shaklida kesiladi va limonni siqib suvi qo'shiladi. O'simlik yog'i, tuz va ziravorlarni ham qo'shib ehtiyotkorlik bilan aralashtirib ma'lum muddat marinadlanadi.
So'ngra xuddi uch panja kabi tasmani qalinligina qarab 6-8 tasini avval kalta tasmani so'ngra uzunini terib boriladi va ehtiyotkorlik bilan sihlanadi. Ikki yonidan ortib qolgan ortiqcha qismlarni kesib olinadi.
Kaboblarni qo'raga qo'yishdan oldin, ustiga quritilgan qizil bulg'ori kukuni sepib so'ngra 8-10 daqiqa mobaynida pishiriladi.
Pishgan kaboblarni ta'bga ko'ra bezatib dasturxonga tortiq qilishingiz mumkin.
YoQIMLI IShTAHA!