Zarur masalliqlar(6-8 kishilik): 1- 1,5 kg. qo'y go'shti qiymasi, bitta piyoz, 100 gr. non, bitta nordonroq olma, bir dona tuxum, o'simlik yog'i, tuz, murch, zira.
Tayyorlash:
1). Go'sht qiymasiga ivitilgan non qo'shib, yaxshilab ezg'ilang. Mayda to'g'ralgan piyoz va maydi tishli qirg'ichdan o'tkazilgan olmani qo'shib, aralashtiring.
2). Tuz, murch va zirani maydalab, qiymaga qo'shasiz. Tuxumni ham solib bo'lgach, qo'lda kabob tayyorlab oling.
3). Har bir kabobni unga botirib, qizib turgan yog'da qovurasiz. So'ng kichik kabob tayoqchalarini suqib, gaz pechi patnisiga tering. Taom qizdirilgan gaz pechining o'rtacha haroratida 20-25 daqiqa pishiriladi. Dasturxonga tortishda pomidor va bodring bo'laklari bilan bezating.
Tayyorlash vaqti: 30 daqiqa.