Zarur masalliqlar: 200 gr. un, 100 gr. margarin, 4 dona tuxum, 50 gr. mayonez, 1 st. shakar, 2 osh qoshiq kakao, 4 osh qoshiq qahva, bir quti xamiryumshatgich. Kremiga: 500 gr qaymoq, 1 st.shakar. Ichiga: 200 gr olcha jemi. Bezak uchun: 100 gr qora shokolad.
Tayyorlanishi: 1. Eritilgan margaringa mayonez va shakarni qo'shing. Bittadan tuxumni solib, atalang. Qahvani yarim piyola suvda eritib, kakao bilan bir vaqtda qo'shing.
2. Masalliqlarni yaxshilab aralashtirgach un va xamiryumshatgichni qo'shasiz. Xamir quyuq smetana ko'rinishida bo'lishi kerak. Yog'langan pishiriq qolipiga xamirni solib, 40 daqiqaga qizdirilgan gaz pechiga qo'ying.
3. Qaymoqni shakar bilan aralashtirib, mikser yordamida ko'pirtiring. Korj pishgunicha muzlatgichga qo'yishingiz mumkin.
4. Tort korji tayyor bo'lgach, sovuting. Ikkiga ajratgach, o'rtasiga krem surtib, ustidan olcha jemini solasiz. Ikkinchi korjni joylab, tort yuzasini qolgan krem bilan bezating. 5. Shokoladni qirg'ichdan chiqarib, shirinlikni bezatishda foydalaning.
Tayyorlash vaqti: 50 daqiqa