Shokoladli korj tayyorlanayotganda xamir aralashmasiga qaynayotgan suv qo'shilishi natijasida biskvit nam bo'lib chiqadi. Bunday korj yoki u asosida tayyorlangan tort \"qaynoq suvdagi shokolad\" nomini ham olganlar. Hammaga ma'lum oddiy kakaoli biskvitlar yumshoq bo'lsada quruq holda bo'ladi. Ayrim hollarda quruq biskvitga sirop yoki boshqa suyuqlikdar shimdirilib namlantiriladi. Shokoladli korj esa nam holda tayyor bo'ladi. Oddiy va quruq kakaoli biskvitga nisbatan nam usulda tayyorlangan korj kuchliroq shokolad ta'miga ega buladi.
MASALLIQLAR:
2 stakan un
2 stakan shakar
1 stakan sut
6 osh qoshiq kakao
1,5 choy qoshiq soda
1,5 choy qoshiq razrxlitel
1 chimdim tuz
2 chimidim vanilin
0.5 stakan o'simlik yog'i
2 ta tuxum
1 stakan qaynoq suv
TAYYoRLANIShI:
1. Idishga barcha quruq mahsulotlarni (un, shakar, kakao, soda, razrxlitel, tuz) solib, aralashtirib olinadi. Shunda un va kakaoni elab solinadi.
2. Alohida idishga 2 ta tuxum chaqib, mikserda ko'pirtirib olamiz va sut solib aralashtirishda davom etamiz.
3. Yog' solib, yaxshilab aralashtiramiz
4. Ikki idishdagi suyuq va quruq aralashmalarni bir-biriga qo'shamiz.
5. Biroz aralashtirib, qaynab turgan suvni qo'shamiz va yaxshilab aralashtiramiz.
6. Listda pishiradigan bo'lsak tagiga qog'oz solamiz.
7. Duxovkani 170 darajagacha qizdirib olib, 30 daqiqa davomida pishiramiz. Pishganini cho'p yordamida tekshirib olishingiz mumkin. Cho'p quruq chiksa pishgan bo'ladi. Muhim: Listda emas tort uchun mo'ljallangan qoliplarda qilinsa 1 soatda davomida pishiriladi.
8. Pishgandan so'ng korjning usti va tagi biroz nam bo'ladi, shuning uchun qog'oz oson ko'chadi.
Korj Tayyor
Yuqorida berilgan miqdordagi masalliqlardan tort qolipida tayyorlangan korjga krem surtib, bezatib, rasmdagidek qalinlikda shokoladli tort tayyorlasa bo'ladi.