Zarur masalliqlar (12 kishilik):
250 gr. un, 100 grammdan shokolad, sariyog' va shakar, 3 dona tuxum, 1 osh qoshiq yumshatgich; kremiga: 400 gr. sariyog', 50 grammdan shokolad va maydalangan yong'oq, 1 banka quyiltirilgan sut (sguщyonka).
Tayyorlanishi:
1. Shokolad va sariyog'ni to'rtburchak shaklda to'g'rab, suv bug'ida eriting. Tuxumning sarig'ini oqidan ajratib, shakar bilan ko'pirtiring. Un va yumshatgichni aralashtirib, tuxum sarig'ili va shokoladli aralashmani soling. Tuxumning oqini alohida ko'pirtirib, uni ham qo'shing-da, xamir tayyorlang. Xamirni aylana shakldagi yog'langan qolipga solib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 30-40 daqiqaga qo'ying. Pishgach, biroz sovitib, biskvitni 3 ta bo'lakka bo'ling.
2. Shokoladni suv bug'ida eritib, 30 gr. sariyog' bilan aralashtiring. Quyiltirilgan sutni qolgan sariyog' bilan ko'pirtiring. 4 osh qoshig'ini olib, muzlatkichga qo'ying.
3. Qolgan sariyog'li kremga eritilgan shokolad va maydalangan yong'oq qo'shing. Korjlar o'rtasiga kremdan surtib, yopishtiring-da, yuzi va atrofiga ham surtib chiqing. Muzlatkichdagi kremni olib, konditer qopchasi yordamida tort yuziga bezak bering. Biror meva bo'laklarini ham bezak sifatida ishlatishingiz mumkin. Tort 2 soat muzlatkichda turgach, dasturxonga torting.
Tayyorlanish vaqti: 1 soat.
Manba: www.BePuL.NeT