Zarur masalliqlar: 1 stakandan shakar va un, 8 dona tuxum, 1 choy qoshiq xamiryumshatgich; kremiga: 500 gr. qaymoq, 200 gr. quyiltirilgan sut (sguщyonka), meva ta'mli vanilin yoki apelsinli essentsiya; ichiga solishga: 100 gr. yong'oq, 2 donadan banan va kivi; bezak uchun: 200 grammdan shanti kremi (tayyor ko'rinishda) va sut, rang berish uchun bo'yoqlar.
Tayyorlanishi: 1. Tuxum oqini sarig'idan ajratib, mikser yordamida ko'pirtiring. Shakarni oz-ozdan qo'shib, ko'pirtirishni davom ettiring. So'ngra tuxum sarig'ini soling. Un bilan birga xamiryumshatgichni ham qo'shing.
2. Biskvit xamirini pishiriq qolipiga joylab, 30 daqiqaga 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga qo'ying. Pishgach, qolipidan olmasdan sovuting.
3. Qaymoqqa oz-ozdan quyiltirilgan sutni qo'shib, mikser yordamda ko'pirtiring. Oxirida ta'mini sozlash uchun mevali vanilin yoki essentsiya qo'shasiz.
4. Uch qismga ajratilgan biskvit orasiga krem surtib, to'g'ralgan mevalar bilan yong'oqni joylashtiring. Ustki qavatiga ham krem surting.
5. Tayyor shanti kremi kukunini 200 gr. sutga qo'shib, mikser yordamida ko'pirtirasiz. Quyuq ko'rinishga kelgach, rang qo'shib, suratdagi kabi qo'zichoqdek bezatasiz.
Tayyorlanish vaqti: 1 soat
10 kishilik