Zarur masalliqlar: 500 gr. go'sht, 1 bosh piyoz, 3-4 dona tuzlangan bodring, 2-3 bo'lak sarimsoqpiyoz, 2-3 osh qoshiq tomat, lavr bargi, qora murch, tuz.
Tayyorlanishi: 1. Go'shtni yupqalab somoncha shaklida to'g'rang-da, qizdirilgan o'simlik yog'ida qovuring. Piyozni halqa shaklida to'g'rab, uni ham go'shtga qo'shing.
2. Piyoz tilla rangga kirgach, tomat soling. Somoncha shaklida to'g'ralgan tuzlangan bodring, maydalangan sarimsoqpiyozni ham qo'shib, olovni pasaytirib, taomni dimlang.
3. Ozgina suv quyib, lavr bargi va tuz, murch soling-da, to go'sht yaxshi pishguncha past olovda qoldiring. Azuni kartoshkali bo'tqa bilan dasturxonga tortsangiz bo'ladi.
Tayyorlanish vaqti: 45 daqiqa.
4 kishilik.