Asli vatani Xitoy bo'lgan bu taom yapon oshxonasida \"Kara-age\" deb nomlanib, o'zbek tiliga \"xitoycha qovurma\" deb tarjima qilinadi. Taomni tayyorlanishi ikki bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda tovuq go'shti marinadlanadi va ikkinchi bosqichda uni yog'da qovurib olinadi. Doimiy usulda qovuriladigan tovuqqa nisbatan Kara-age nihoyatda boy va mazali ta'mga ega. Tabiat qo'ynida dam olganda marinadlangan yoki qovurilgan xolda olib chiqib tanovvul qilish uchun ham qulay.
MASALLIQLAR:
1 kg tovuq go'shti
50 ml soya sousi
2 - 3 osh qoshiq asal
2 - 3 dona sarimsoq (chesnok)
3 - 4 sm zanjabil (imbir, ginger)
4 - 5 ta ko'k piyoz
0.5 st tempura uni (yoki oddiy un)
3 - 4 osh qoshiq jo'hori kraxmali (yoki oddiy kraxmal) tuz,
murch kerak bo'ladi.
Tovuqni kerakli kattalikda to'g'rab olamiz. Sarimsoq va zanjabilni qirg'ichning mayda tishlaridan o'tkazib olamiz. Ko'k piyozni mayda to'g'rab olamiz.
TAYYoRLANIShI:
1. Hamma masalliqlarni tovuq bilan aralashtiramiz.
2. Tayyor bo'lgan aralashmani ustiga zich qilib tselofan yopib, kamida 1 soatga muzlatgichga marinadlashga qo'yamiz. Lekin qancha ko'p tursa shuncha go'shti va mazasi mayin bo'ladi.
3. Qozonda yog'ni qizdirib go'sht bo'lakchalarini solamiz.
4. Bir tomoni qizargach ikkinchi tomonini o'girib pishirib olamiz. Har bir tarafini qovurish uchun 2 - 3 daqiqa ketadi.
5. Go'sht bo'lakchalari mayin jigarrang bo'lganda yog'dan ko'tarib olinadi.
Taom tayyor. Yoqimli ishtaxa