Masalliqlar:
-2ta baliq (duhovka listga sig'ib turadigan unchlik katta bo'lmagan baliq)
-1ta kartoshka
-1ta piyoz
-yarimta sabzi (agar sabzi kattaroq bo'lsa 3dan bir qismi kk bo'ladi)
-1ta bolgar qalampiri
-kashnich urug'i
-1 osh-q tomat(pomidor pastasi)
Tayyorlash:
-Baliqni tozalab yuvib , keyin tuz, kashnich urug'i sepib , listdagi folga ustiga baliqning o'rtasini ochib qo'yamiz.
-Keyin ustki qismiga ham folga qo'yib dimi chiqmasligi uchun yahshila berkitib chiqamiz. Qizib turgan duhovkada 180c da 40 minutga qo'yamiz. Balig'imiz tayyor.