MASALLIQLAR 1 bosh sarimsoq piyoz 250 gr sariyog' (yumshatib olingan) 1/4 piyola parmezan pishlog'i (qirg'ichdan o'tkazilgan) 1/4 choy qoshiqdan tuz va yanchilgan qora murch 2 dona baton noni
Tayorlanishi:
1. Duxovkani 200 darajagacha qizdirib oling.
2. Sarimsoq piyozni butunligicha alyumin folgaga o'rab 20 – 30 daqiqa davomida pishiring. Sarimsoq piyozni ustini barmoq bilan bosganda yumshab cho'ksa, demak pishgan bo'ladi.
3. Sarimsoqni tovada pishirsa ham bo'ladi. Buning uchun uni donalarga ajratib (po'sti olinmaydi) o'rta olovda har bir tarafini qizarguncha o'girib pishiriladi.
4. Sarimsoq biroz sovugach, po'stini tozalab pichoqda mayda qilib to'g'raladi. Vilkada yoki sarimsoq ezadigan moslamada ezib, maydalsa ham bo'ladi.
5. Sariyog'ni yumshatib olinadi. Hamma masalliqlarni bir idishga solib, vilkada ezib aralashtiriladi.
6. Baton nonini uzunasiga o'rtadan bo'lib, sarimsoqli aralashmani nonga surtib chiqiladi..
7. List ustiga pishiriq kog'ozi qo'yib, non bo'laklarini 10 – 15 daqiqa davomida (oldingan 200 darajagacha qizitib qo'yilgan) duxovkada, chiroyli qizg'ish rangga kirguncha pishiriladi. Tayyor bo'lgan nonni bo'laklarga bo'lib, dasturxonga tortiladi..
8. Bu nonni eniga, o'zingizga yoqqan qalinlikda, kesib tayyorlasa ham bo'ladi. Bunda non tezrok, ya'ni 5 – 7 daqiqa davomida, pishadi.
Yoqimli ishtaha