Zarur masalliqlar:
450 gr. go'sht, 200 gr. guruch, 100 gr. konservalangan ko'k no'xat, 80 gr. tomat, 1 bosh piyoz, 2 bo'lakdan sarismoqpiyoz va non, 1 dona tuxum, 1 ta bulg'or qalampiri, yarim choy qoshiq yalpiz, o'simlik yog'i, tuz, murch.
Tayyorlanishi:
1. Go'sht, piyoz, sarimsoqpiyoz va nonni go'shtqiymalagichdan o'tkazing. Tuz, yalpiz, murch va tuxum solib, yaxshilab aralashtiring. Qiymadan sharchalar yasab, qizdirilgan o'simlik yog'ida qovurib oling.
2. Guruchni ozgina o'simlik yog'ida qovuring. Keyin 1 stakan suv, tomat solib, tuz seping. O'rtacha olovda qaynating.
3. Guruch pishgach, konservalangan ko'k no'xat va maydalangan bulg'or qalampiri soling. Keyin qiymali «shar»chalarni solib, biroz suv ham qo'shing-da, qozon qopqog'ini yoping. 10 daqiqa dimlagangach, ovqatni likoplarga suzishingiz mumkin.
4 kishilik
Tayyorlanish vaqti: 1 soat