24.02.2014, 16:35
  /  
Pishiriqlar
Kerakli mahsulotlar:
100gr eritilgan saryog'
2ta tuhum
250gr shakar
90gr un
3-4osh qoshiq kakao
2 choy qoshiq vanilin
1 chimdim tuz
Tayyorlanishi:
1.Duxovkani 175gradusga qiziting
2.22-24cm (diametriga) dumaloq qolipni yog'lang
3.Saryog'ni eriting,so'ng shakar va tuhumni solib yaxshilab aralashtiring.Mixerda emas.
4.Qolgan barcha quruq masalliqlarni alohida idishda aralashtirib olib,yuqoridagi tuhumli hamirga solib bir-hil massa hosil bo'guncha aralashtiring.
5.Qolipga quyib duhovkani o'rtasida 20-30 mingacha pishiring.
6.Pishgandan so'ng cho'pak tiqib ko'rilsa nam bo'lishi kk.Sovuting.
Pishirish vaqti sizning qanchalik yopishqoqroq pirog hohlashizga bog'liq.Uzoq vaqt davomida(30min)da quruqroq bo'ladi.
Kladdkaka shved oshxonasiga mansub bo`lib, o'zbekchada tarjimasi "yopishqoq pirog" degan ma'noni beradi. Juda ham oson va tez tayyorlanadi. Amerikaliklarni Browniesga juda ham o'xshaydi.